Italiya futbol federatsiyasi mutaxassislari 15 iyul kuni poytaxtimizga tashrif buyurishadi

Narzulla Saydullayev
5 iyun 2018
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni rivojlantirish va yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bir qator futboli rivojlangan xorijiy mamlakatlar futbol associaciyalari bilan yaqin hamkorlikni yo'lga qo'yib kelmoqda.

O'zbekiston futbol associaciyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator mamlakatlar futbol rahbarlari bilan uchrashuvlar o'tkazib, xorijiy mamlakatlar tajribasini yurtimizda ham yo'lga qo'yish borasida ko'plab islohotlarni amalga oshiryapti.

Ana shunday chora-tadbirlar natijasida Italiya futbol associaciyasi bilan ham hamkorlik bo'yicha kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

Jumladan, Italiya murabbiylari associaciyasi prezidenti va Italiya futbol federatsiyasi murabbiylar maktabi rahbari Renco Uliveri O'FA bilan hamkorlik qilish, o'zbekistonlik murabbiylar salohiyatini oshirish hamda O'zbekistonda futbolning rivojiga hissa qo'shishga tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Janob Uliveri hamda Italiya futbol federatsiyasining Yoshlar sektori texnik koordinatori Stefano Bonakkorso shu yilning 15-23 iyul kunlari O'zbekistonga tashrif buyurib, yurtimizdagi bolalar futboli murabbiylari uchun mashg'ulot o'tkazish tartibi, uchrashuvlarga taktik va jismoniy tayyorgarlik ko'rish masalalari bo'yicha o'quv kurslari o'tishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com