Italiya FF prezidenti: "Agarda Superligadan chiqmasa, "Yuventus" A Seriyadan chetlatiladi"

Mirjalol Normatov
10 may 2021
Italiya FF prezidenti Gabriele Gravina agarda "Yuventus" Superligadan chiqmaydigan bo'lsa, A Seriyadan chetlatilishini ma'lum qildi.

"Qonun-qoidalar tushunarli. Agarda "Yuventus" yangi mavsum oldidan Superligadan chiqmasa, A Seriyada qatnashmaydi. Ha, bu muxlislar uchun og'ir bo'lishi mumkin, ammo qonun barcha uchun barobar. Umid qilamanki, bunday tomoshalar tez orada tugaydi", - dedi Gravina.

Eslatib o'tamiz, 12 klubdan 9 klub Superligadan chiqqanini ma'lum qilgan. Faqatgina "Yuventus", "Barselona" va "Real" Superligada qolgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal