Italiya chempionati. Jeko so'nggi daqiqalarda gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi

Italiya A seriyasiing 25-turida “Roma” safarda “Frozinone” mehmoni bo'lib, qiynchilik bilan uch ochkoni qo'lga kiritdi.

Murosasiz kechgan bellashuvda muxlislar beshta golga guvoh bo'lishdi. Bahsning hakam tomonidan qo'shib berilgan beshinchi daqiqasida rimliklar hujumchisi Edin Jeko gol urib, jamoasining irodali g'alabasini taminladi.

Ushbu g'alabadan keyin rimliklar 44 ochko bilan turnir jadvalining 5-pog'onasida borishmoqda. YCHL saralash bosqichiga yo'llanma beruvchi 4-o'rindan rimliklar bir ochko ortda qolishmoqda.


Manba: championat.asia