Italiya A Seriyasining eng kreativ futbolchisi kim?

Sherzod Nurmatov
8 okt 2022
U ligada yangi.

"Milan" yarim himoyachisi Sharl de Ketelare A Seriyaning eng kreativ futbolchisi, deya xabar berdi "La Gazetta dello Sport".

Belgiyalik futbolchi har bir uchrashuvda o'rtacha 3 tadan golli vaziyat yaratmoqda. Bu Italiya chempionatining joriy mavsumidagi eng yuqori ko'rsatkichdir.

Bu ko'rsatkich bo'yicha 2-o'ringa "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski joylashgan. Polshalik ijodkor har bir uchrashuvda o'rtacha 2,7 ta golli vaziyat yaratadi. Kuchli uchlikni "Udineze" hujumchisi Jerar Deulofeu egalladi. Uning ko'rsatkichi – har bir o'yinda 2,6 ta golli vaziyat.

De Ketelare o'tgan yozda "Bryugge"dan "Milan"ga o'tgan edi. Transfer summasi 32 million evroni tashkil qilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport