Italiya A Seriyasida mavsum o'yinchisi aniqlandi

Administrator
25 may 2024, 01:16
"Inter" futbolchisi bu nomga loyiq ko'rildi.

Italiya A Seriyasida ushbu mavsumning eng yaxshilari aniqlandi. "Inter" hujumchisi Lautaro Martines chempionatning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi. U 24 gol bilan to'purarlar ro'yxatini boshqarib turibdi.

A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi nomiga "Inter" ustozi Simone Indzagi loyiq ko'rildi.

Shu bilan birga, Joshua Zirkzee ("Bolonya") chempionatning eng yaxshi yosh o'yinchisi sifatida taqdirlandi.


AdministratorMuallif
Manba: legaseriea.it