"Istiqlol" "UzDongJu" bilan o'ynadi, endi "Sho'rtan" bilan o'yin

Narzulla Saydullayev
3 avg 2014
Toshkentning "Istiqlol" klubi futbolchilari birinchi liganing ikkinchi bosqichiga javlon urib tayyorgarlik ko'rishmoqda.
Bugun Kamol Jo'nashev boshchiligidagi jamoa "UzDongJu" klubi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Bahsda andijonliklar 3:2 hisobida zafar quchdi. Endi "Istiqlol" 5 avgust kuni "Sho'rtan" bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia