"Istiqlol" lageridan daraklar, Sergey Lebedev jamoaga qaytdi

Narzulla Saydullayev
19 yanv 2021
PRO-Liga yangi mavsumiga tayyorgarlik olib borayotgan Farg'onaning "Istiqlol" klubi mashg'ulotlari qizg'in ruhda kechmoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Anvar Berdiev tarkibga bir qator yangi futbolchilarni jalb etgan. Ayni damda Mansur Saidov, Farrux Turdaliev, Dilyor Irmatov, Pavel Smolyachenko, shuningdek avvalgi mavsumlarni Farg'onaning yana bir klubi "Neftchi" tarkibida o'tkazgan Mirjamol Ne'matovlar ishtirok etmoqdalar.

"Istiqlol" mashg'ulotlarini kuzatish davomida jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lebedev klubga qaytganiga guvoh bo'ldik. Endilikda tajribali mutaxassis Anvar Berdievga yaqindan yordam beradi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia