"Istanbul Bashakshehir" matbuot xizmati Abbos Fayzullaevning transferi masalasida ma'lumot berdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2025
Turkiyaning "Istanbul Bashakshehir" klubi matbuot xizmati Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning ehtimoliy transferi haqida to'xtalib o'tdi.

"Bizda bu borada hech qanday ma'lumot yo'q. Ayni paytda Avstriyada mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz", – dedi klub matbuot xizmati.

Avvalroq OAVda "Istanbul Bashakshehir" va SSKA O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi transferi bo'yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

OAV ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining transfer summasi 7 million evro bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, 21 yoshli futbolchining "armiyachilar" bilan shartnomasi kelasi yilning yozigacha amal qiladi. Transfermarkt  portali uni 8 million evroga baholamoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ