Isroillik futbolchiga O'zbekistonning ikkita jamoasi qiziqishmoqda

Khoja
25 noya 2025
"Qayrat" yarim himoyachisi Ofri Arad kelasi mavsumni O'zbekistonda o'tkazishi mumkin.

Isroillik futbolchiga O'zbekistonning ikkita jamoasi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Narzulla Saydullaev o'zining telegram kanalida ma'lum qildi. 

27 yoshli futbolchining Qozog'iston jamoasi bilan tuzgan shartnomasi yil yakunida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum "Qayrat" safida jami 36 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 ta gol va 4 ta assist bor. Eng qizig'i, futbolchi mavsumdagi yagona golini ECHL doirasida "Inter"ga urgandi


KhojaMuallif
Manba: @PenaltyNarzulla