Ispaniya kubogi finali vaqtida Rodrigoning uyini tunab ketishdi

Alisher
9 may 2023
Real hujumchisi Rodrigoning Madriddagi uyiga o'g'rilik sodir bo'ldi.

As xabariga ko'ra, Rodrigo Ispaniya kubogi finali doirasida 6 may, shanba kuni Osasunaga qarshi o'ynayotgan paytda, uning Madriddagi uyini tunab ketishgan. Braziliyalik 22 yoshli futbolchi ota-onasi bilan yashayotgan uyda o'sha paytda hech kim bo'lmagan. Rodrigoning oila a'zolari ham finalni tomosha qilish uchun Sevilyaga yo'l olgan. Policiya hozirda jinoyatchilarni qidirmoqda. Zarar miqdori qancha ekani hozircha noma'lum.


Ma'lumot uchun, finalda Rodrigoning dubli (2:1) Realga Ispaniya kubogi g'olibligini keltirdi.


AlisherMuallif
Manba: championat.com