Ispaniya futbol federatsiyasi va FIFA LaLiga o'yinlarini AQSHda o'tkazishga qarshi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2018
LaLiganing chempionat o'yinlarini chet elda o'tkazish programmasi bekor qilinishi mumkin.

Avgustda Ispaniya chempionati Revelant Sports mediakompaniyasi bilan kelishuvga erishgani va bitim bo'yicha, liga o'yinlari Shimolishy Amerikada o'tkazilishi kerak.

Shu haftada Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Luis Rubiales FIFA rahbari Janni Infantino va Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches bilan uchrashuv o'tkazdi.

Ispaniya futbol federatsiyasi vakili bu programma milliy chempionatga zarar keltiradi deb hisoblaydi. FIFAning fikricha, chet elda o'tkaziladigan o'yinlar biznesni futboldan ustun qo'yishga teng.

Oldinroq, "Jirona" va "Barselona" o'rtasidagi bahs 2019 yilning yanvarida AQSHda o'tkazilishi e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Espana