Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti FIFA va UEFAdagi vazifalaridan ketdi

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2017, 18:14
Unga nisbatan olg'a surilga ayblovlar tufayli bir yilga diskvalifikaciya qilingan Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti (RFEF) Anxel Mariya Vilyar FIFA va UEFAdagi ishlaridan ham bo'shashga qaror qildi.

Vilyar ikki tashkilotda ham vice-prezident mansabida ishlab kelayotgan edi. UEFA va FIFA uning iste'fosini qabul qildi.

18 iyul kuni Vilyar, uning o'g'li Gorka va yana ikki ispaniyalik futbolga aloqador kishi korrupsiyada ayblanib, hibsga olingan edi. Ular keltirgan zarar 45 mln. evro sifatida baholanmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca