Ispan klubi Iskoga 2 yillik shartnoma taklif qildi. Xavbek "Real"dan tekinga ketishi mumkin

Alisher
25 apr 2022
"Real" yarim himoyachisi Isko mavsum so'nggida erkin agent maqomida "Betis"ga o'tishi mumkin.

Anlalusiya klubi 30 yoshli ispaniyalik futbolchiga 2 yillik shartnoma taklif qildi, shuningdek u "Betis"da eng katta haq oladigan uch o'yinchidan biri bo'ladi.

"Betis" bosh murabbiyi Manuel Pellegrini Isko bilan "Malaga"dagi faoliyat orqali yaxshi tanish.

Xavbek "Real"da ko'p o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi shu yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Marca