Ismoil Gonsalvesh: "Paxtakor" o'rtamiyona jamoa bo'lganda bu erga kelmasdim"

Narzulla Saydullayev
12 fev 2018
“Paxtakor”ning portugaliyalik legioneri klubga o'tishi va yangi mavsumdan kutayotgan jihatlari haqida fikrlarini aytib o'tdi.

- “Paxtakor”ga o'tishingizning asosiy sababi nimada?
- “Paxtakor”– O'zbekistonning bosh va katta klubi. O'rtamiyona jamoa bo'lganda bu erga kelmasdim. Yana jamoa o'ynayotgan va Shota Arveladze orqali targ'ib qilayotgan futbol katta o'rin tutdi. Ushbu ikki jihat qarorimga ta’sir ko'rsatdi.

- Kelishingizga qadar o'zbek futboli haqida nimalar bilardingiz?
- Bu erda turli jamoalarda faoliyat olib borgan do'stlarim tufayli o'zbek futboli bilan tanishib ulgurgandim. 2-3 yil oldin menga bu erda futbolni yaxshi sharoitlarda o'ynash mumkinligi va mamlakatning o'zi juda yoqimli ekani to'g'risida aytishgandi.

- Yangi jamoa va mamlakatga ko'nikish qanday kechmoqda?
- Birinchi navbatda futbolchilarga minnatdorchilik aytaman – ular meni juda iliq qabul qilishdi. Bu jamoaga tezroq moslashishimda yordam beradi. Ikkinchidan, shaharning bunchalik yaxshi bo'lishini kutmagandim. Bundan yoqimli ajablandim. Ko'nikish jarayonim juda yaxshi va oson kechmoqda deb o'ylayman.

- Yangi mavsumdan nimalar kutyapsiz?

- Bosh murabbiy bilan bu masalada suhbatlashdim. Asosiy maqsadimiz – chempionlik. Har bir uchrashuvda g'alaba uchun kurashamiz va boshqa narsa haqida o'ylamaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz