Islom Mamatkazin: Bunday fanatlar qarshisida to'p surish faqat zavq keltiradi

Khoja
2 apr 2024
Andijon chempionatning 4-turida o'z maydonida Nasaf bilan uchrashuvda 1:1 hisobida durang o'ynaganidan xabaringiz bor. Andijon tarkibida iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin Nasaf darvozasini ishg'ol qilib muxlislarning olqishiga sazovor bo'ldi.

 U ortda qolgan bellashuv borasida gapirdi.

Dastlab Nasafga qarshi o'yin haqida so'ramoqchiman. Qanday taassurot qoldi?

Nasaf bilan uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. Maydonga faqat g'alaba uchun tushgandik. Ammo durang natija bo'ldi.

Raqib darvozasini ishg'ol qilgan paytingizda boshqacha xissiyotlar olamiga tushib qolganingizni ko'rdim. O'sha holatni qanday tasvirlaysiz?

To'g'ri, boshqacha hissiyot bo'ldi. Do'stlarimni o'yinga taklif qilgandim. Ular gol ursang biz tomonga qarab yugurgin deyishgandi. Qandaydir noodatiy hissiyotlar qamrab oldi. Do'stlarim tomonga qarab yugurdim va ularga qarab golni nishonladim.

Rosti, bu o'yinda gol urish haqida o'ylaganmidingiz?

Ha, albatta.

4 ta uchrashuvda himoyachi bo'lsangizda 2 ta gol urishni uddaladingiz. Bu nimadan dalolat?

Standart vaziyatlarda barchamiz o'z o'rnimizda to'g'ri ishni bajarayotganimizdan dalolat. Ko'proq standartlarga e'tibor qarayotganimiz bois bundan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz.

Bobur Arenadagi muhit haqida hamma gapiryapti. Siz qanday tarif berasiz?

Bobur Arenadagi muhitga nima desa bo'ladi? O'yindan-o'yinga tasvirlab bo'lmaydigan darajada bo'lyapti. Bunday fanatlar qarshisida to'p surish faqat zavq keltiradi.

Keyingi turda Lokomotivga qarshi o'yin bor. Raqib haqida nima deya olasiz va nima kutyapsiz?

Lokomotiv ham kuchli raqib. Ular ham jangovar futbol o'ynaydilar. Qiziqarli uchrashuv bo'ladi, deb o'ylayman. Muxlislarimizni xursand qilish uchun kurashamiz.


KhojaMuallif
Manba: https://t.me/andijonpfc