Islom Ismoilov: Maqsadimiz har bir futbolchimizni Osiyo kubogiga optimal holatda tayyorlash

Khoja
22 fev 2025
O'zbekiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi Islom Ismoilov Rivojlanish kubogi turniri va fevral oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'inlari haqida fikr bildirdi.

Yevropa, Osiyo va Afrika jamoalariga qarshi o'yinlar o'tkazdik. Maqsadimiz har bir futbolchimizni Osiyo kubogiga optimal holatda tayyorlash va Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat, - deb fikr bildirdi o'smirlar terma jamoamiz ustozi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-17 terma jamoasi Rivojlanish kubogida uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.


KhojaMuallif
Manba: Uzbekistan FA