Islandiya terma jamoasi tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiy faoliyatini Osiyoda davom ettiradi

Alisher
2 yanv 2020
Xeymir Xadlgrimsson Dohada qoladi.

Asli islandiyalik tish shifokori Xeymir Xadlgrimsson faoliyatini Dohada davom ettiradi.

Mutaxassis Qatarning "Al Arabi" jamoasi bilan 2020/21 yilgi mavsum so'nggiga qadar shartnomasini uzaytirdi.

52 yoshli Xadlgrimsson "Al Arabi"ni 2018 yilning dekabr oyidan beri boshqarmoqda.

"Al Arabi" hozirda Qatar chempionatida 6-o'rinda bormoqda. "Qizil iblislar" o'tgan mavsum ham shu o'rinda joylashishgan edi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/alarabi_club