Islandiya bosh murabbiyi Argentinaga qarshi o'yindan oldin nimalar dedi?

Mirjalol Normatov
15 iyun 2018
Islandiya termasi bosh murabbiyi Xeymir Xadlgrimsson JCH-2018ning 1-turi doirasida Argentinaga qarshi uchrashuvdan oldingi fikrlarini bildirdi.

"Messi xavfini oldini olish uchun menda mo'jizakor formulalar yo'q. U dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Unga qarshi o'ynagandan keyin barcha bir-biriga yordam berishi kerak. Faqatgina Messini yopish - xato ish bo'ladi.

Messi o'z o'yinlari bilan meni xayratlantiradi. Agarda Messining kuchini nazorat qila olsak, g'olib bo'lishimiz mumkin", - dedi murabbiy.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru