

Oldinroq, "Yunayted" akciyalarining katta qismiga egalik qiluvchi Jim Retkliff klub stadionida xodimlar uchun ajratilgan oshxonani yopmoqchi ekanligin e'lon qilingandi. Bu hafta oxirida sodir bo'lishi kerak. Bepul tushliklar o'rniga mevalar tarqatiladi.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Manchester Yunayted" "Old Trafford" xodimlar uchun tushlikni bekor qilib, yiliga 1 mln. funt tejab qolishni reja qilyapti.
Lekin imkoniyati cheklangan muxlislar associaciyasiga ajratiladigan xayriya puli (40 ming funt yiliga) kamaytirilmaydi.
Bundan tashqari, klub Manchester United Foundation xayriya fondini moliyalashtirishni qisqartirish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.



