Iroq va Kambodja - U-19 Osiyo chempionatining oxirgi ikki ishtirokchisi

Xayrulla Xoliqov
1 dek 2019
U-19 Osiyo chempionatiga saralash bahslari rasman o'z nihoyasiga etdi.

Ma'lumki, "A" guruhi uchrashuvlari aslida Iroqda bo'lib o'tishi kerak edi, biroq mamlakatda yuz bergan notinch vaziyat sabab o'yinlar Ummonga ko'chirildi. Kuni kecha Ummondagi bahslar yakunlanib, kelasi yil O'zbekiston mezbonlik qiladigan musobaqaning oxirgi ikki ishtirokchisi ma'lum bo'ldi. 

"A" guruhida Iroq yoshlar termasi birinchi o'rinni egalladi. Shuningdek, "G" guruhidan Kambodja eng yaxshi ikkinchi o'rindagilar qatorida yo'llanmaga ega chiqdi. Shunday qilib U-19 Osiyo chempionatining barcha 16 ishtirokchisi quyidagicha ko'rinish oldi: 

O'zbekiston (mezbon)

Iroq

Qatar

Tojikiston

Eron

Bahrayn

Saudiya Arabistoni

Malayziya

Avstraliya

Janubiy Koreya

Yaponiya

Indoneziya

Laos

Vetnam 

Yaman

Kambodja 

Eslatib o'tamiz, 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionati 14-31 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Ushbu musobaqaning amaldagi g'olibi Saudiya Arabistoni hisoblanadi. Qita birinchiligida kuchli to'rtlikka kiradigan jamoalar U-20 jahon chempionatiga yo'l olishadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: championat.asia