Iroq futbol federatsiyasi vakili: "Rossiyaning OFKga o'tishi butun Osiyo uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
25 mar 2023
Iroq futbol federatsiyasi Rossiyaning Osiyo futbol konfederatsiyasiga o'tishini qo'llab-quvvatlaydi.

"Agar Rossiya OFKning bir qismiga aylansa, bu butun Osiyo uchun oldinga tashlangan qadam bo'ladi. O'zgarish rivojlanish uchun yangi turtki bo'ladi.

Rossiya bilan Sankt-Peterburgda o'ynash hech qanday muammo to'g'dirmadi" - dedi Iroq futbol federatsiyasi vakili G'olib Al Zameli.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: «РБ Спорт»