

Farg'onalik o'yinchi “Qo'qon- 1912”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirar ekan, ertagalik o'yindan ijoyib natija kutayotgan ekanligini ma'lum qildi.
“Andijon” derbida faqat g'alaba uchun o'ynaydi, - deb gap boshladi Boboxonov. Chunki holatimiz sizga yaxshi ma'lum, oldimizga boshqa yo'l yo'q. Faqat natija zarur. “Qo'qon” ham yaxshi jamoa. Fikrimcha, qo'qonliklar himoyaviy o'yin ko'rsatadi. Katta ehtimol bilan o'zim ham maydonga chiqaman. Jamoa yetakchilaridan biri Sanjar Asqaralievning sog'ilig'i joyida. Jamoadoshim mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. Uyda o'ynaganimiz uchun “Qo'qon” jamoasiga qarshi hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Yana Edger Gess bahsdan oldin qanday taktika asosida to'p surish haqida ham ko'rsatma beradi, -deb fikr bildirdi “Andijon” himoyachi Iqbol Boboxonov.
“Ruxsor” TRK muxbiri Hojiakbar Jabborov suhbatlashdi.



