Ushbu o'yinni yaponiyalik hakam Yuichi Nishimura boshqarib boradi.
2012 yil Osiyoning eng yaxshi hakami bo'lgan Nishimura O'zbekiston terma jamoasining to'rtta o'yinida ishlagan.
JCH-2010 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoni - O'zbekiston uchrashuvida maydon egalari yirik 4:0 hisobida zafar quchishgan. O'sha o'yinda uchrashuvni Yuichi Nishimura boshqargandi.
Osiyo kubogi 2011 saralashi doirasidagi BAAga qarshi safarda kechgan o'yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari Farhod Tojievning urgan goli tufayli zafar quchishgan.
O'sha Osiyo kubogining ochilish uchrashuvida Yuichi Nishimura ishlagan. Unda Qatar o'z maydonida Vadim Abarmov boshchiligidagi O'zbekistonga yutqazib qo'ygandi - 0:2. Odil Ahmedov va Server Jeparov gol urishgandi.
Nishimura boshqaruvidagi so'nggi o'yin esa o'tgan yil yozda bo'lib o'tgandi. JCH-2014 saralashi to'rtinchi bosqich birinchi turida Toshkentda Eronni qabul qilganmiz. O'yinning so'nggi soniyalarida Muhammad Rizo Xalatbari tomonidan urilgan gol forslarga uch ochko keltirgandi.
Yaponiyalik ushbu hakam Iordaniyaning turli yoshdagi jamoalarining uchta o'yinida ishlagan.
2006 yilgi yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida Iordaniya yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida Janubiy Koreyaga yirik hisobda yutqazib qo'ygan - 0:3.
2008 yilgi Olimpiada o'yinlari saralashi ikkinchi bosqichida Iordaniya olimpiya terma jamoasi o'z uyida Saudiya Arabistoniga mag'lub bo'lgan - 0:1.
Iordaniya milliy terma jamoasining ilk o'yinini Nishimura 2009 yilga kelib boshqargan. Osiyo kubogi 2011 saralashi doirasida Eronga qarshi safarda bo'lib o'tgan bahsda bo'lajak raqiblarimiz 0:1 hisobida taslim bo'lishgan.
6 sentyabr kungi o'yinda bu hakam qaysi jamoa uchun omadli bo'lar ekan. Ko'ramiz.
Bu xabar so'kinish uchun qo'ilgani yo'q. Iltimos o'zimizni xurmat qilgan holda fikr bildiraylik.