Inzagi: "Bizga omad kulib boqdi? Omad - futbolning bir bo'lagi"

Omonjon To`xtamirzayev
15 mar 2023, 11:22
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi jamoaning Chempionlar Ligasi 1/4 finaliga chiqqani haqida gapirdi.

Milan klubi javob o'yinida durangni (0:0) saqlab qoldi va birinchi uchrashuvdagi (1:0) g'alaba evaziga keyingi bosqichga chiqdi.

"Biz ajoyib o'yin o'tkazdik. Ajoyib birinchi bo'lim o'tkazdik, uchrashuv oxirida esa biroz qiynalishimizga to'g'ri keldi. Futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman.

Bizga omad kulib boqdi? Omad – futbolning bir bo'lagi. 180 daqiqa yakuniga ko'ra, biz keyingi bosqichga chiqishga loyiq edik. Endi biz o'z kuchimizga yanada ko'proq ishonib harakat qilamiz.

Bajarayotgan ishimiz, natijadan mamnunman. Jamoamizga sovrin keltirgan va 18 oyda YCHL 1/4 finaliga yo'llanmani taqdim etgan futbolchilar olqishlarga loyiq.

Men bu vaziyatdan shunchaki zavqlanmoqchiman. Muxlislar jamoamizdan faxrlansa arziydi. Ko'ramiz, buyog'iga ishlar qanday ketarkin", – dedi Inzagi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com