Inyaki Vilyams: "Yo'q, men "Real"ga hech qachon o'tmayman. Bu 100%"

Alisher
11 sen 2019
"Atletik" forvardi Inyaki Vilyams klubda o'ynayotganidan xursand.

"Men qayerda o'ynashni xohlagan bo'lsam, o'sha erdaman. Har doim aytganman, "Atletik" - mening uyim, men bu erda yana ko'p yillar o'ynashni xohlayman", - deydi Inyaki.

"Men shu erda faoliyatimni yakunlashni xohlayman. Shunday bo'lar, ehtimol".

Mish-mishlarga qaraganda Inyakiga bir qator klublar, jumladan "Real" ham qiziqish bildirmoqda.

"Yo'q, men "Real"ga hech qachon o'tmayman. Bu 100%", - deydi forvard.

Vilyams joriy mavsum La Ligada 3ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.

Inyaki Uilyams "Atletik" bilan shartnomasini 2028 yilga qadar uzaytirdi.


AlisherMuallif
Manba: El Larguero