

Bugun ertalab "Inter"ning Chempionlar Ligasi yarim finali javob o'yinida himoyachi asosiy tarkibda bo'lishi mumkinligi xabar qilingan edi.
Insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, francuz futbolchisi bugungi mashg'ulotni 27 aprel kuni olingan to'piq jarohati tufayli to'xtatgan. U "Barselona"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi.
"Inter" va "Barselona" 6 may kuni to'qnash keladi, o'yin Toshkent vaqti bilan 23:59da boshlanadi.



