“Inter” va “Milan” sharafini himoya qilgan forvard 36 yoshida butsalarini mixga ildi

Eldor Akmurzayev
21 noya 2020, 20:43
Italiyalik hujumchi Jampaolo Paccini futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

36 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi esa “Verona” edi.

Shuningdek, Paccini “Inter”, “Milan”, “Atalanta”, “Fiorentina”, “Sampdoriya”, “Levante” kabi jamoalar safida ham o'ynagan.

Italiya terma jamoasida esa u 25 o'yinda maydonga tushib, 4 ta golni o'z hisobiga yozdirgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: football24.ru