"Inter" ustozi "Yuventus"dan kimni olishi mumkinligi haqidagi savolga hazilomuz javob qaytardi

Tolibjon Qosimov
9 dek 2017, 13:15
"Inter" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriya 16-turi doirasida "Yuventus"ga qarshi safar o'yini oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

Gap orasida u "Yuventus"dan qaysi o'yinchini olgan bo'lar edingiz degan savolga hazilomuz javob qaytardi.

"Biz eng yuqori darajada raqobat qila olishimizni bilamiz. Maqsadimizga erishish uchun ko'p ochko to'plashimiz kerak va har bir o'yin - bu yanada ko'proq ochko yig'ish imkoniyati. Biz Turinga g'alaba qozonish uchun boramiz. Biz turnir jadvalida uchinchi o'rinda borayotgan jamoaga qarshi emas, oxirgi yillarda ikki bor YCHL finalida to'p tepgan klubga qarshi o'ynaymiz.

Agar shunday imkon bo'lsa, "Yuventus"ning qaysi o'yinchisini olardim? Menga o'zimning o'yinchilarim yoqadi, lekin tanlov qilishga to'g'ri kelsa, bosh murabbiy Massimiliano Allegrini olgan bo'lardim", - dedi Spalletti.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Football Italia