"Inter" shartnomani bekor qilish uchun Sanchesga 5 million evro to'lashga tayyor

Alisher
1 avg 2022, 13:24
"Inter" forvardi Aleksis Sanches klubdan kyetishi mumkin.

Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda.

Klub rahbariyati 33 yoshli chililik bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Milanliklar o'yinchiga tovon puli sifatida 5 mln evro to'lashga tayyor. Sanchesning "Inter" bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Sanches o'tgan mavsum 39ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira