"Inter" Pepe borasida 60 mln. evrolik taklif yubordi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2019
"Inter" "Lill" hujumchisi Nikolya Pepe uchun kurashga qo'shildi.

Ma'lumotlarga ko'ra, nerazzurilar Fransiya klubiga ivuarlik uchun 60 mln. evro taklif qilishdi.

Oldinroq, Pepe xizmatlariga "Bavariya", "Barselona", PSJ va "Arsenal" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar e'lon qilingan edi.

Joriy mavsum 23 yoshli hujumchi Liga 1ning 32ta uchrashuvida maydonga tushib, 19ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: France Football