"Inter" "Manchester Yunayted" futbolchilariga qiziqmoqda

Aslanov Jasurbek
14 noya 2016
"Inter" rahbariyati "Manchester Yunayted"ning bazi futbolchilariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Milan klubi vakillari futbolchilarning transferini muhokama qilish uchun mankunianlar bosh murabbiyi Joze Mourinyo bilan bog'lanishmoqchi.

Yanvarda MYUni Kris Smolling, Memfis Depay, Deyli Blind va Matteo Darmian tark etishi mumkin. "Inter" yangi bosh murabbiyi Stefano Pioli jamoani bu futbolchilar bilan kuchaytirishga qarshi emas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport