"Inter" "Manchester Siti" yetakchisi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
21 may 2020
"Manchester Siti" hujumchisi Serxio Agueroda faoliyatini Italiyada davom ettirish imkoniyati bor.

Xabarlarga ko'ra, 31 yoshli to'purarning xizmatlariga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda.

"Neradzurrilar" Serxio Agueroga "Barselona"ga o'tishi kutilayotgan Lautaro Martinesning o'rinbosari sifatida qarashmoqda.

Eslatib o'tamiz, Serxioning manchesterliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Argentinalik joriy mavsum APL doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Calciomercato