"Inter" Maksimovichni kuzatyapti

30 okt 2020, 21:30
"Calciomercato" xabariga ko'ra, Milanning "Inter" klubi "Napoli" himoyachisi Nikola Maksimovichga ko'z tikkan. "Neradzurrilar" 28 yoshli serbiyalik futbolchini jamoaning mudofaa chizig'ini kuchaytirish uchun ideal nomzod deb bilishadi.

Maksimovichning "Napoli" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U "Inter" tarkibiga joriy mavsum yakuniga etgach erkin agent sifatida qo'shilishi mumkin.


Manba: Calciomercato