“Inter” himoyachisi “Monako”ga o'tadi

Milanliklar himoyachisi Dalbert Fransiyaga ko'chib o'tadi.

“Inter” himoyachisi Dalbert yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etib, Fransiyaga ko'chib o'tadi. Qayd etilishicha, Dalbert “Monako”ga ko'chib o'tishga yaqin. Klub uni 3 mln evro mablag' evaziga ijaraga oladi.

Keyinchalik esa monegasklar himoyachini 17 mln evro evaziga sotib olishi mumkin bo'ladi.


Manba: Goal.com