"Inter" "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan noxush seriyaga tushib qoldi

Mirjalol Normatov
2 okt 2022
"Inter" bugun o'z maydonida "Roma"ga imkoniyatni boy berdi.

Simone Inzagi boshqaruvidagi jamoa ketma-ket ikki marta ligada mag'lubiyat qabul qilib oldi. O'tgan turda milanliklar 1:3 hisobida "Udineze"ga imkoniyatni boy bergandi.

"Inter" so'nggi 6 o'yinining 4tasida mag'lub bo'ldi: "Milan" 2:3, "Bavariya" 0:2, "Udineze" 1:3, "Roma" 1:2. Jamoaning navbatdagi uchrashuvi 4 oktyabr kuni YCHL doirasida "Barselona"ga qarshi bo'ladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia