"Inter" Angliya terma jamoasi himoyachisi uchun "Liverpul" bilan kurashmoqda

Sherzod Nurmatov
16 okt 2025, 16:39
"Inter" "Kristal Pelas" va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi uchun kurashga qo'shildi

Himoyachining "Kristal Pelas" bilan shartnomasi shu yozda tugaydi. Himoyachini uzoq vaqtdan kuzatib kelayotgan "Liverpul" yagona manfaatdor tomon emas.

"Get French Football News" xabariga ko'ra, Gexiga "Inter" ham qiziqish bildirmoqda. Erkin agentlarni qo'lga kiritish odati bilan tanilgan A Seriya klublari endi Angliya terma jamoasi futbolchisini nishonga olmoqda.

Futbolchining o'zi kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan va Italiyaga o'tishni ustuvor vazifa deb hisoblamaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato