Inkapie - "Arsenal" futbolchisi

Aslanov Jasurbek
2 sen 2025
Pero Inkapie 2025/26 mavsumda "Arsenal" sharafini himoya qiladi.

23 yoshli himoyachi "Bayer"dan mavsum oxirigacha ijaraga olindi. Sky Sports ma'lumotlariga ko'ra, londonliklar ekvadorlikni 45 million funtga xarid qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Inkapie Leverkuzen klubida 2021/22 mavsumdan beri o'ynab keladi. U o'tgan mavsum Bundesligada 32 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com