Ingliz klubidagi futbolchilar va murabbiy jamoa a'zosi uchun sochini kalga oldirishdi

Eldor Akmurzayev
18 yanv 2023
“Bristol Rovers” o'ziga xos ajoyib akciyani o'tkazishdi.

Futbolchilar va bosh murabbiy Joyi Barton jamoa a'zosi Nik Andertonni qo'llab-quvvatlash maqsadida sochini kalga oldirishdi va shu orqali ma'lum miqdorda mablag' yig'ishdi.

Andertonga suyak saratonining kam uchraydigan shakli tashxisi qo'yilgan. Yig'ilgan pullar uni davolashga ishlatiladi.

“Bristol Rovers” Angliya 1-Ligasida (uchinchi divizion) 9-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Official_BRFC