

Janni Infantino FIFA kengashi yig'ilishida Qatardagi jahon chempionatini “tarixdagi eng yaxshisi” deb atadi va “futbol tinchlik va do'stlik ruhini birlashtirib, kamdan-kam uchraydigan birdamlik kuchini mustahkamlaydi”, deya qo'shimcha qildi.
Infantino 2018 yild Rossiyada bo'lib o'tgan jahon chempionatini ham tarixdagi eng yaxshisi deb atagandi: "Ushbu jahon chempionati tarixdagi eng yaxshisi bo'ldi. Bir necha yil davomida men shunday bo'ladi deb taxmin qilgandim, lekin hozir buni ishonch bilan aytishim mumkin. Biz ushbu tadbir davomida futbol bilan yashadik va nafas oldik".



