Infantino Meksikadagi voqeliklar bo'yicha izoh berdi

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026
FIFA prezidenti Janni Infantino JCH-2026 oldidan xavfsizlik bilan bog'liq vaziyatni izohladi.

Turnir o'yinlarining bir qismi Meksikada o'tkaziladi.

Uning so'zlariga ko'ra, hozircha vaziyat barqaror va jiddiy xavotir uyg'otmayapti.

"Vaziyat tinch, hozir hammasi joyida. Umuman olganda, barchasi muammosiz o'tishi kerak", – dedi Infantino.

Avvalroq 24 fevral kuni Meksika qurolli kuchlarining maxsus operaciyasi vaqtida mamlakatdagi eng yirik narkokartellardan biri rahbari - El Mencho laqabi bilan tanilgan Nemesio Osegera yo'q qilingandi. Shundan keyin bir qator shaharlarda tartibsizliklar avj oldi: jinoiy tashkilot a'zolari avtomobillarni yoqib yuborishdi va trassalarni to'sib qo'yishdi. 

Tartibsizliklar turnir o'yinlari shaharlardan biri Gvadalaxarani ham chetlab o'tmadi, u erda Ispaniya va Urugvay terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ham rejalashtirilgan.

Futbol bo'yicha JCH-2026 11 iyundan 19 iyulgacha uch mamlakat - AQSH, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi. Meksika hududida o'yinlarni Mexiko, Monterrey va Gvadalaxara qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS