

"Ochilish uchrashuvi va Konfederatsiyalar kubogi finali Sankt-Peterburgda bo'lib o'tadi. Biz kerakli kafolatlarni oldik. Konfederatsiyalar Kubogi - juda muhim turnir va Sankt-Peterburg butun dunyoga namoyish etiladi. Shahar hukumati bu musobaqa katta ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilishadi.
To'g'ri, u erda bajariladigan ishlar bor. Barchasi o'z vaqtida bajarilishiga va arenani tekshirib ulgurishimizga ishonamiz. Bu mening birinchi jahon chempionatim, ammo men bir nechta Yevropa chempionatlari tashkillashtirishda ishtirok etganman. Doimo muammolar bo'ladi. Ishlar davom etyapti, hech kim bekor o'tirgani yo'q" - deydi Infantino.



