Infantino: "Gabondagi stadionlar infratuzilmasi Italiyanikidan yaxshiroq"

Aslanov Jasurbek
28 fev 2019
FIFA prezidenti Janni Infantino Italiya stadionlarining qoniqarsiz holatidan havotirda ekanligini aytdi.

"Italiya stadionlaridagi vaziyat hech qanday mantiqqa to'g'ri kelmaydi. To'g'ri, malakatda futbolni juda yaxshi ko'rishadi, futbol madaniyati ham yuqori darajada. Ammo 2017 yilda Afrika Millatlar Kubogini qabul qilgan Gabondagi stadionlar infratuzilmasi Italiyanikidan yaxshiroq.

Italiyada "Yuventus" va "Udineze"ning o'z stadioni bor, bu hayratlanarli" - deydi Infantino.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Calciomercato