

“Unsue darhaqiqat jamoadagi holat bilan yaxshi tanish. U ancha vaqtdan buyon biz bilan birga. O'ylaymanki, u jamoada munosib ishlay oladi va futbolchilarni yangi g'alabalar sari ruhlantira oladi.
“Barselona”ning yangi murabbiyi juda bosiq inson bo'lishi lozim. Shunda unga omad kulib boqadi. Bosh murabbiylik Unsuega juda mos”, deydi Inesta.



