Inesta: "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni istardim, ammo bu men usiz yashay olmaydigan narsa emas"

Sherzod Nurmatov
25 okt 2022
"Vissel Kobe" yarim himoyachisi Andres Inesta "Oltin to'p"ga ega bo'lmagani haqida fikr bildirdi.

- Dunyo sizdan "Oltin to'p" qarzdor deb his qilmaysizmi?

- Yo'q, menda bunday his yo'q. Agar kimdir meni u uchun o'ynayman deb o'ylasa – juda yaxshi. Albatta, men "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishdan xursand bo'lardim, ammo bu men usiz yashay olmaydigan narsa emas. Men garchi ularni yutgan bo'lsam-da, individual sovrinlarga unchalik ishonmayman. Bu meni hech ham xavotirga solmagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca