"Independente" murabbiyi: "Agueroga 10-raqamni beramiz"

Alisher
15 apr 2020
"Independente" bosh murabbiyi Lukas Pusineri "Siti" hujumchisi Agueroni o'z jamoasida ko'rmoqchi.

"Umid qilamanki, men uni shug'ullantiraman. Men u bilan o'ynaganman va uni shug'ullantirishga ham umid qilmoqdaman. Biz unga 10-raqamni beramiz.

Ko'p narsa uning xohishiga bog'liq. Uning qaytishi muxlislar uchun ajoyib yangilik bo'lar edi, u - muxlislarning kumiri", - deydi Pusineri.

Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero "Atletiko"dan oldin aynan "Independente"da o'ynagan va shu klub tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.


AlisherMuallif
Manba: Goal