Immobile "Lacio" bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi

Alisher
31 avg 2020
"Lacio" hujumchi Chiro Immobile bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi.

"Chiro Immobile klub bilan 5 yillik shartnoma imzoladi, u "Lacio"da 2025 yilga qadar to'p tepadi. Bu pressionalik, samimiyat va oilaviy qabul qilingan tanlovdir. Biz buni tezroq e'lon qilmoqchi bo'ldik, u bir necha soat oldin shartnomaga imzo chekdi.

Bu muhim, sababi u "Oltin butsa" sohibi sifatida ko'plab top-klublar nazariga tushgan. Biz bu yangilikni uzoq kutdik. Immobile ko'rsatdiki, u hayoti uchun "Lacio"ni tanlagan", - deydi "Lacio"ning jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha direktori Stefano De Martino.

Italiyalik futbolchi o'tgan mavsum 36ta gol urgan holda "Oltin butsa"ni qo'lga kiritdi.


AlisherMuallif
Manba: sslazio.it