Immobile A Seriya tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-o'ringa ko'tarildi

Eldor Akmurzayev
20 fev 2023
“Lacio” hujumchisi Chiro Immobile Italiya chempionati 23-turida “Salernitana” (2:0)ga qarshi bahsda dublga erishdi.

32 yoshli italiyalik A Seriyadagi 191-golini urib, bu borada musobaqa tarixidagi eng yaxshi to'purarlar ro'yxatida 8-o'rindagi Kurt Xamrin (190)ni quvib o'tdi. Immobiledan oldinda esa quyidagi futbolchilar bor:

1. Silvio Piola – 274;

2. Franchesko Totti – 250;

3. Gunnar Nordal – 225;

4-5. Juzeppe Meacca – 216;

4-5. Joze Altafini – 216;

6. Antonio Di Natale – 209;

7. Roberto Badjo – 205.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia