Ilichich Gasperini bilan suhbatdan so'ng "Atalanta"da qoladi. O'yinchining "Milan" bilan kelishuvi bor edi

Alisher
11 avg 2021, 17:38
"Atalanta" hujumkor yarim himoyachisi Yosip Ilichich faoliyatini Bergamo klubida davom ettiradi.

33 yoshli sloveniyalik futbolchi jamoasini o'zgartirmoqchi edi va hatto transfer borasida "Milan" bilan ham kelishuvga erishgandi.

Ammo, Yosip murabbiy Jan Pero Gasperini bilan suhbatdan so'ng qolishga qaror qildi.

Eslatib o'tamiz, Ilichich 2017 yilning yozidan beri "Atalanta"da o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com