Ilhom Shomurodov va Maqsud Karimov jarohat olgan

Narzulla Saydullayev
22 iyul 2016
Qarshining “Nasaf” jamoasi futbolchilari Ilhom Shomurodov va Maqsud Karimov jarohati tufayli ayni paytda jamoa bilan birga emas.

Bu ikki futbolchi jarohatlari bois jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok eta olishmayapti. Maqsud Karimovning qachon safga qaytishi noma'lum. Ilhom Shomurodov ham ma'lum muddat safdan chiqqan.

Eslatib o'tamiz, “Nasaf”ning yana bir a'zosi Dilshod Rahmatullaev ham jarohati bois hozirda Myunxenda bo'lib turibdi. Uning jarohati jamoadoshlarinikiga nisbatan jiddiyroq. Rahmatullaev mavsumning ikkinchi qismini o'tkazib yuborishi mumkin.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia