Ilhom Hamroev: "Fransiya ustidan g'alaba qozonishga harakat qilamiz"

Оқил Абдубарноев
30 yanv 2022
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Ilhom Hamroev Chernogoriyaga qarshi o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Xorvatiyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib borayotgan O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun Chernogoriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuv o'tkazdi hamda 8:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yindan keyin xet-trikka erishgan Ilhom Hamroev fikrlariga quloq tutdik. 

"O'yinni yaxshi o'tkazdik va mavjud imkoniyatlardan foydalandik. Biz haqli g'alabaga erishdik. Chernogoriyada individual tomondan kuchli futzalchilar bor, lekin jamoa taktik tomonlama u qadar kuchli emas.

Ushbu o'yinda gol urib, jamoamizga foyda keltirganimdan xursandman. Asosiysi - g'alaba qozonganimiz. Kim gol urishidan qatiy nazar, g'alaba qozonish uchun maydonga tushamiz.

Fransiyaga qarshi dastlabki o'yinda yomon o'yin namoyish etmadik. Oddiy xatolarimiz tufayli imkoniyatni boy berdik. Yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmadik. Navbatdagi o'yinda Fransiya ustidan g'alaba qozonmoqchimiz", - deya fikrlarini yakunladi Hamroev.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia